Barcha Google Ads hisoblaringiz yagona joyda

Barcha Google Ads hisoblaringizni bitta boshqaruv panelida kuzating va boshqaring. Hisoblararo kampaniyalar boshqaruvi va hisobotlar, kirish nazorati va jamlanma hisob-kitob orqali vaqtni tejang.

Boshlash
surish belgisi
“Menejer hisobidagi yangi kampaniyalar sahifasi tufayli endi barcha kampaniyalarimizni bitta joyda boshqarish va optimallash imkoniga egamiz.”
Jeremy Legrand, SEM rahbari, Kaymu

BU QANDAY ISHLAYDI

Hisoblaringizga tezkor kirish imkoniyati

soat belgisi

Yagona login bilan vaqtni tejang

Menejer hisobida (sobiq My Client Center yoki MCC) barcha Google Ads hisoblaringizni biriktirib, bitta login bilan kirishingiz mumkin. Hisobingizni ulash uchun parolni bilish shart emas — ruxsat talab qilinsa kifoya.

namoyonlik belgisi

Barcha hisoblaringiz bilan bir vaqtda ishlang

Alohida hisoblar va kampaniyalarni boshqaring yoki hammasini birga boshqaring. Hisoblarni tartiblash, avtomatik qoidalar yaratish, signal va electron pochta bildirishnomalarini belgilash uchun hisob yorliqlaridan foydalaning. Kundalik budjetlarni yangilash va hisoblararo kampaniyalarni yoqish yoki pauza qilish amallarini tezda bajarish mumkin.

ruxsat belgisi

Ruxsat bering va nazorat qiling

Menejer hisoblari katta tashkiliy ehtiyojlarni hisobga olingan holda yaratilgan. Menejer hisobi ichida unga tobe hisoblar yaratib, boshqa menejerlarga kirish ruxsatini berish hamda ularning vakolatlarini o‘zgartirishingiz mumkin.

BATAFSIL

Batafsil hisobotlar tuzing

Kampaniyalarni tahlil qiling va samaradorligini oshiring

shaxmat qutisi belgisi

Hisobotlarning avtomatik yaratilishi va yuborilishi

Har xil hisoblardagi natijalarni taqqoslang hamda istalgan parametrlarga yoki alohida kalit so‘zlarning samaradorligi xususiyatlariga oid hisobotlarni tuzing. Hisobotlarning muntazam avtomatik tuziladigan va yuboriladigan qilib sozlab olishingiz ham mumkin.

grafik chiziq belgisi

Hisoblararo konversiyani kuzatish

Bir nechta Google Ads hisobidagi konversiyani yagona konversiyani kuzatish kodi yordamida kuzating. Shunda oddiyroq, to‘liqroq hisobot yaratish, kalit so‘zlarni kuzatish, xatolarni kamaytirish va veb-saytingizni tezlatish mumkin.

Hisob-kitoblarni jamlang

Hisob varaqlarni osongina tuzing

rahmat belgisi

Hisob varaqlarni berishni soddalashtirish

Jamlanma hisob varaqlar boiz agentliklar, dilerlar va yirik reklama beruvchilarga qulaylik yaratib, barcha akkauntlar uchun yagona oylik hisobvaraqqa birlashtirish imkonini beradi. Reklama xarajatlari haqidagi hisobotni mijozlaringizga taqdim etishingiz uchun biz taqdim etgan oylik xarajat hisobotida har bir Google Ads akkauntning faoliyati aks ettiriladi.

diagramma belgisi

Budjetlarni nazoratda tuting

Boshqaruvingiz ostidagi barcha hisoblarga oid budjet yangiliklarini oling va qaysi hisobdan undirilayotganini menejer hisobi boshqaruv panelida kuzating. “Budjet” sahifasidagi tegishli hisob-kitob ma’lumotlariga qarab, barcha boshqarayotgan hisoblaringizning sarf-xarajatlarini bilib turasiz.

Ishni boshlash

Menejer hisoblarini sozlang va barcha kampaniyalaringizni bir tizimga keltiring.

Boshlash