Reklamangizni bugunoq Googlega joylang!

Mijozlaringiz siz yoki mahsulotingizni eng mos vaqtda – Google orqali siz taklif qilayotgan tovar va xizmatlarni qidirayotgan vaqtda topishadi. Sizdan esa faqat reklama yoki telefon qilish tugmasiga bosilganida haq olinadi.

Boshlash

velosiped tuzatish

Tezkor velosiped tuzatish – Velosipedingizni bugunoq tuzatib beramiz

Reklama misol-biznes.uz

Bir kunda kamera yamash, tormozni tuzatish va hokazolar.

surish belgisi

Afzalliklari

Nima uchun Google Ads?

Yangi mijozlarni jalb qilish

Veb-saytga yangi tashrifchilarni keltirish, onlayn savdoni oshirish, telefonlarni jiringlatish yoki mijozlarning yana qaytib kelishini istasangiz, Google Ads sizning xizmatingizda.

Auditoriyangizga eng mos vaqtda murojaat qilish

Siz taklif qilayotgan tovar va xizmatlarni Google orqali qidirayotganlar sizni aniq topishadi.

Mahalliy yoki jahon miqyosida reklama qilish

Reklamani muayyan mamlakat, viloyat yoki shaharlardagi mijozlarga, hamda biznesingiz yoki do‘koningiz yaqinidagilarga qarating.

Afzalliklari haqida batafsil

Narxlar

Faqat natijaga qarab to‘laysiz

Tashrif buyurilmasa, haq ham olinmaydi

Google Ads xizmatida ro‘yxatdan o‘tish bepul. Kimdir veb-saytingizga kirish uchun reklama ustiga bossa yoki kompaniyangizga telefon qilsagina sizdan haq olamiz. Boshqacha aytganda, reklama ish bergandagina sizdan haq olinadi.

Har qanday budjet uchun

Budjetingiz kam bo‘lsa-da, reklama maqsadi to‘g‘ri tanlansa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Kimdir reklama uchun oyiga minglab dollar sarflaydi, kimdir uchun esa bir necha yuz dollar kifoya qiladi.

Narxlar haqida batafsil

Ishni boshlang

Hoziroq hisob yarating!

Shunchaki hisob yarating, budjetni belgilang, ilk reklamangizni yozing va qayerda chiqishini tanlang. Bularni keyinchalik bemalol tahrirlash mumkin.