Hikoyangizni efirga uzating

Video reklamalar faqat siz istagan foydalanuvchilarga namoyish qilinadi va ular tomosha qilgandagina sizdan haq olinadi. Boshqacha qilib aytganda, biznesingizga qiziqish bildirmaydigan odamlarga pul sarflamaysiz.

Boshlash

Video reklama qanday joylanadi

1

Reklamangizni joylang

Video yaratgach, YouTube hisobingizni sozlab, unga shu videoni yuklang. Keyin Google Ads yordamida YouTube kampaniyasini boshlaysiz. Reklamali videongiz aloqador videolardan oldin, ularning yonida yoki qidiruv natijalarida chiqadi.

2

Auditoriyani tanlang

Auditoriyani odamlarning yoshi, jinsi, manzili, qiziqishlari va boshqalarga asoslanib tanlashingiz mumkin.

3

Qancha sarflashingizni aniqlashtiring

Budjetni belgilang va YouTube Analytics orqali nimalar ish berayotganini biling.

Eng mos mijozlarni tanlang

Potensial mijozlaringiz yoshi, jinsi, joylashuvi, qiziqishlari va boshqa jihatlarini ko‘rsatish orqali bir milliarddan ortiq foydalanuvchilardan iborat maqsadli auditoriyani tanlashingiz mumkin. Bunda faqat foydalanuvchilarni jalb etgan reklamalaringiz uchun pul to‘laysiz. Agar foydalanuvchi 30 soniyadan kamroq vaqt tomosha qilib (yoki oxirigacha ko‘rmasdan), reklamani o‘tkazib yuborsa, u holda sizdan 1 tiyin ham olinmaydi.

Natijalarni baholab boring

YouTube Analytics orqali reklamangizni kimlar tomosha qilayotgani va qanday munosabat bildirayotganini tahlil qiling. Kunlik budjetni siz belgilaysiz, shuning uchun moliyaviy imkoniyatlaringizdan chetga chiqib ketilmaydi.

Batafsil bilishni istaysizmi?

YouTube.com video reklamalari bilan tanishing

YouTube logotipi