Sizni Google qidiruvida topishadi

Siz taklif qilayotgan mahsulotlar va xizmatlar qidirilganida, Google qidiruv natijasi yonida qidiruv reklamalari ham chiqadi. Bunda biz odamlar veb-saytingizga kirish yoki kompaniyangizga telefon tugmasini bosgandagina sizdan haq olamiz.

Qidiruv ichidagi kampaniyalar

1

Qidiruv reklamangizni yarating

Ilk qidiruv reklamangizni yaratishga bir necha daqiqa kifoya. Odamlarga nimani taklif qilayotganingizni yozing.

2

Kalit so‘zlar yordamida mijozlaringizni toping

Keyin, mijozlaringiz Google orqali mahsulotingizni qidirishda ishlatadigan kalit so‘zlarni tanlang.

3

Qidiruv reklamalari budjetini belgilang

Kunlik budjetni belgilang, shundan keyin reklamangiz tayyor bo‘ladi.

Reklamangiz boshqalarga qanday ko‘rinadi

Kompyuter, planshet va smartfonlarda Google qidiruviga kiritilgan so‘zlar sizning kalit so‘zlaringizga mos kelsa, qidiruv natijasi yuqorisida reklamangiz ko‘rsatilishi mumkin.
Bunda biz, odamlar veb-saytingizga kirish yoki kompaniyangizga telefon qilish tugmasini bosgandagina sizdan haq olamiz. Odamlar kuniga Google orqali millionlab qidiruvlarni amalga oshiradi. Ular orasida, albatta, brendingizni payqaydigan, takliflaringizni hisobga oladigan va mahsulotingizni xarid qilishni xohlaydiganlar topiladi.

qo‘lbola kulolchilik

Alisher kulol – Bejirim qo‘lbola keramika

Reklama misol-biznes.uz

Chiroyli vazalar, jomlar va boshqalar. Galereyada yoki onlayn xarid qiling.

Hisoblang, tahlil qiling va rivojlaning

Reklamalar namoyishi boshlangach, ularning samarasi haqidagi hisobotlarni olish va shunga qarab tuzatishlar kiritishingiz mumkin. Turli reklamalar yaratib, qay biri samaraliroq ekanini aniqlashingiz ham mumkin.