Mijozlarni internet va ilovalarda — istalgan qurilmada zabt eting

Google Ads media reklamalari ikki milliondan ortiq veb-sayt va kamida 650 000 ilovada namoyish qilinadi, shu tarzda reklamangizni istalgan joydagi auditoriya ko‘radi.

Namoyish qilish usullari

Matn

Google qidiruvidagi reklama singari, media reklamalarga sarlavha, ikki qator matn va URL kiradi.

Gmail

Gmail xizmatida maxsus reklama namoyish qiling, shunda reklamangizni odamlar pochta qutisida saqlashi, boshqaga uzatishi yoki kengaytirishi mumkin.

Banner

Tasvir yoki multimediadan iborat ushbu reklamalarga moslangan dizayn, interaktiv elementlar, animatsiya va hokazolar kiritilishi mumkin.

Ilova

Muayyan toifadagi mobil ilovalarga mo‘ljallangan kampaniya yarating yoki allaqachon namoyish qilinayotgan ilova ichidagi reklamalar samaradorligini kuzating.

Media reklamalar bilan ishlash

1

Formatni tanlab, reklama yarating.

Hisobingizdagi reklama formatlari galereyasi yordamida nafaqat oddiy matnli yoki grafik reklamalarni ham sanoqli daqiqalar ichida yaratishingiz mumkin.

2

Reklamalaringiz qayerda namoyish qilinishini tanlang

Media reklamalar mijozlar haqida siz bilgan narsalar, masalan, qiziqishlari yoki demografiyasiga asoslanib, aniq targetingli kampaniyalarni yaratish imkonini beradi.

3

Budjetni belgilang

Maqsadli auditoriyangizni qamrab olish va reklamalaringizni eng moyil foydalanuvchilarga namoyish qilish uchun qancha sarflay olishingizni belgilang.

Maqsadli auditoriyani aniq qamrab olish

Millionlab veb-saytlar, yangilik sahifalari, bloglar hamda Gmail va YouTube singari veb-saytlari bilan Google Display Network internet foydalanuvchilarining 90 foizini qamrab oladi. Targetingni sozlash, kalit so‘zlar, demografiya va remarketing uchun maxsus parametrlar bilan mijozlar brendingizni payqashi, takliflaringizni hisobga olishi va amalga oshirishiga turtki berishingiz mumkin.

Muntazam yaxshilab boring

Reklamalaringiz natijalarini hisoblang va qaysi auditoriya eng maqbulligini aniqlang. Sotuv hajmini oshirish yoki kompaniyangizga murojaatlar sonini ko‘paytirish istagida bo‘lsangiz, Google Ads kampaniya samarasini hisoblashda yordam beradi, shunda keraklicha sozlab, maqsadingizga erishasiz.