Ilovalar uchun universal kampaniyalar haqida

Mobil ilovalaringizni reklama qiling

Ilovalar uchun universal kampaniyalar iOS yoki Android ilovangizni Google doirasidagi millionlab foydalanuvchilarga reklama qilish imkonini beradi — hammasi yagona kampaniya doirasida bajariladi. Bizning mashinaviy o‘rganish vositalarimiz sizga eng maqbul foydalanuvchilarni topish va budjetingizdan unumli foydalanishingizga yordam beradi.

Boshlash

Reklamangizni daqiqalar ichida yarating

1

Reklamangizni moslashtiring

Android yoki iOS ilovangizni qidirib, App Store yoki Play Marketdan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan maxsus reklamani qarab chiqing. Keyin matnini tahrirlang. Xohlasangiz, ilovaning rasmi va videolarini ham yuklashingiz mumkin.

2

Budjetingizni tanlang

Har bir o‘rnatish uchun qancha sarflay olishingizni (har bir o‘rnatish narxi, CPI) aniqlab, kunlik budjetni belgilang.

3

Qolganini biz bajaramiz

Reklamangizni faollashtiring. Google avtomatik ravishda uni Google Qidiruv, Play, YouTube, Gmail va boshqa xizmatlarilarda namoyish qiladi. Reklamalar, narxlar va targeting takomillashib borib, reklamalaringiz haqiqiy foydalanuvchilarga yetkaziladi — bularning hammasi rejadagi CPI doirasida bajariladi.

Har bir reklamadan foyda toping

Ilovalar uchun universal kampaniyalarda mashinaviy o‘rganish algoritmlari qo‘llanadi. Ular real vaqt rejimida 300 milliondan ortiq signal kombinatsiyalarini tahlil qilish orqali reklamani ko‘rsatishning eng maqbul usulini tanlaydi. Smart narxlash yordamida narxlarni maqsadingizga moslashtirasiz — har bir konversiya uchun rejadagi xarajat yoki reklama xarajatining foydaliligi.

Reklamadan ko‘zlagan maqsadlaringizga erishing

Foydalanuvchilarning qaysi harakatlariga qiziqishingizni belgilang (masalan, 2-darajaga o‘tish, ilk marta ishlatib ko‘rish yoki sinov muddatiga yozilish). Universal kampaniyalardagi reklamalar aynan shu amallarni bajarishga moyil foydalanuvchilarga namoyish qilinadi.